TOShKENT, 25 sen — Sputnik. "2017-yilning 25-sentabr kuni Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Kosim-Jomart Tokayev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
Rasmiy tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida parlamentlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Delegatsiya Samarqand shahriga tashrif uyushtirishi ham rejalashtirilgan.
16 sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga kelgan edi. Nazarboyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida o‘zbek-qozoq hamkorligiga doir o‘ndan ziyod hujjatlar imzolangandi.