TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Nyu-Yorkdan Toshkentga qatnayotgan Uzbekistan airways HY 102 reysi texnik sabablarga koʻra kechiktirilmoqda, deb xabar qildi "Oʻzbekiston havo yoʻllari" matbuot-xizmati.
8 Sentyabr 2017, 14:27
"Nyu-Yorkdan uchish 2017 yil 25 sentyabr kuni Nyu-York vaqti bilan soat 15.00(Toshkent vaqti bilan yarim tunga, tahr.) ga rejalashtirilgan. Reys bilan bogʻliq oʻzgarishlar sodir boʻlsa, aviakompaniya qoʻshimcha tarzda xabar qiladi", — deyigan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bundan bir necha hafta muqaddam "Olma-Ota — Toshkent" yoʻnalishida qatnovchi "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK ga qarashli A320 samolyoti buzilib qolganligi tufayli parvoz yetti soatga kechiktirilgan edi.
Oʻshanda aviatashuvchi yoʻlovchilar uchun yangi bortni yuborishga majbur boʻlgandi.
Beshinchi sentyabr kuni havo kemasidagi nosozlik tufayli Uzbekistan airwaysning yana bir reysi kechiktirildi. Bortida 216 nafar yoʻlovchi boʻlgan Boeing 767 Bangkokdan Toshkentga uchishi kerak edi.