TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Moskvada huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Tojikiston fuqarosini Moskva jomeʼ masjidida oʻgʻirlikda gumon qilib qoʻlga oldilar, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston nashri.
Aniqlik kiritilishicha, oʻgʻirlik haqida ariza bilan xususiy qoʻriqlash korxonasi xodimi murojaat qilgan.
Arizachi Vipolzov burimida joylashgan Moskva jomeʼ masjidida nomaʼlum erkak 10 ming rublga yaqin mablagʻni yashirin tarzda oʻmargani va qochishga harakat qilgani, ammo u masjid posbonlari tomonidan ushlangani haqida xabar qilgan.
Qoʻlga olingan shaxs Tojikistondan kelgan, Moskvada aniq yashash joyi boʻlmagan 22 yashar yigitcha boʻlib chiqdi. Ishsiz migrantning aybi toʻliq isbotlangan, oʻgʻirlangan pullar esa olib qoʻyilgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan oʻgʻirlik moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.