O‘zbekistonga Britaniya TIV doimiy kotibi tashrif buyuradi

Obuna bo‘lish
Saymon Makdonald uch kun davomida hukumat va respublika parlamenti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald 24-26 sentabr kunlari ishchi tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Salom, London: O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida viza olish tartibi soddalashtiriladi

Britaniyaning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Saymon Makdonald O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

U shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashishi hamda Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Saymon Makdonald 1982-yilda diplomatik faoliyatini boshlagan va Berlin, Ar-Riyod, Bonn, Vashington va Tel-Avivda ishlagan, shuningdek, Britaniya TIVda qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0