Salom, London: O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida viza olish tartibi soddalashtiriladi

© AFP 2023 / Fabrice CoffriniBritanskiy flag na fone Big-Bena v Londone
Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Video uchrashuv davomida ikki davlat sayohatchilariga viza berish tartibini soddalashtirish, sohada kadrlarni o‘qitish masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Buyuk Britaniya sayyohlar uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalasini muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Londondagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari va sayyohlik kompaniya vakillari ishtirokida o‘tkazilgan video uchrashuvda ikki davlat sayyohlariga viza berish tartibini yanada soddalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

© uzbektourism.uzVideokonferensiya Goskomturizma Uzbekistana, Posolstva RUz v Londone i predstaviteley turindustrii stran
Videokonferensiya Goskomturizma Uzbekistana, Posolstva RUz v Londone i predstaviteley turindustrii stran - Sputnik O‘zbekiston
Videokonferensiya Goskomturizma Uzbekistana, Posolstva RUz v Londone i predstaviteley turindustrii stran

Shuningdek, tomonlar sayyohlik sohasida kadrlarni o‘qitish, O‘zbekistondagi barcha sayyohlik obyeklarida pul bankomatlarini o‘rnatish, ingliz OAVlarida O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi imkoniyatlarini targ‘ib qilish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha vazifalarni belgilab olganlar.

Yangiliklar lentasi
0