O‘zbekiston TIV chet elda tang vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV Konsullik ustavining yangi loyihasini ishlab chiqdi

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik ustavining yangi tahrirdagi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga muhokama uchun kiritdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdurahim Xo‘jayev 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda.

Gulsanoy - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘lida go‘dak bilan Moskvada nochor qolgan Gulsanoy vatanga qaytapti

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasiga bir nechta o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, xorijiy davlatlarda moddiy jihatdan murakkab ahvolga tushib qolgan fuqarolarga O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari tomonidan moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, konsullik mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini oshirish kabilar qonun loyihasidan o‘rin oldi.

Brifingda Xo‘jayev xorijda vaqtincha va doimiy yashab kelayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Yangiliklar lentasi
0