Muborak gazni qayta ishlash zavodida uch ishchi zaharlanishdan o‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSkoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muborak gazni qayta ishlash zavodining uch xodimi ta’mirlash-tozalash ishlari vaqtida halok bo‘lishdi, yana bir xodim kasalxonaga yotqizilgan

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodining uch ishchisi gazdan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkentdagi O‘rikzor bozori hududida teplotrassa yorilib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi "O‘rikzor" bozorida baxtsiz hodisa ro‘y berdi
Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, baxtsiz hodisa 20-sentabr kuni "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJ sexida gazdan propan va butan ajratish qurilmasini tozalash vaqtida sodir bo‘lgan. Ehtiyotsizlik oqibatida zavod ishchilaridan 4 nafari gazdan zaharlangan.

Natijada 3 nafar xodim — sex boshlig‘i A’zam Kuliyev, operatorlar Qudrat To‘rayev va Umrzoq O‘rinovlar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay voqea joyida vafot etishgan.

Operator Davron Botirov Muborak tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va bu kabi hodisalarning olidini olish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Komissiya tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga barcha zaruriy yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0