TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Toshkentdagi "O‘rikzor" bozori hududida teplotrassa yorilib ketdi, hodisa natijasida ikkita avtomobil jiddiy zararlandi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.
Truboprovod yorilishi chorshanba kuni, kunning ikkinchi qismida ro‘y bergan. Bozorga qarashli avtomobil to‘xtash maydonchasi yaqinida quvur yorilishi ro‘y bergan. Guvohlarning hikoya qilishiga qaraganda, portlash shu qadar kuchli bo‘lgan-ki, natijada trubaning bir qismi havoga ko‘tarilib, parkovkada turgan "Jiguli" va "Matiz" avtomobillariga jiddiy shikast yetkazgan.
Shuningdek. yana bir nechta avtomobillar ham zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, savdo majmuining kattagina qismi yorilgan truboprovoddan otilib chiqqan qaynoq suv ostida qolgan. Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga qaraganda, hodisa tufayli hech kim jabrlanmagan. Favqulodda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.