Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazini tashkil etishda Yusuf bin Ahmad yordam beradi

© tolgolKompleks Imam Al-Buxari
Kompleks Imam Al-Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IHT rahbari Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazini tashkil etishda yordam berishda tayyorligini bildirdi

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazini tashkil etishda yordam berishda tayyorligini bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ahmad al-Usaymin IHT Bosh kotibi sifatida tasdiqlandi
U bu haqda 2017-yilning 21-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT bosh qarorgohida bilan uchrashganida ma’lum qilgan.

Muzokaralar chog‘ida Yusuf bin Ahmad al-Usaymin O‘zbekistonning 2016-2017-yillarda IHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi muvaffaqiyatli raisligi davrida Islom ummasini birlashtirishda muhim ahamiyatga ega g‘oyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning oktabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan IHT TIVKning 43-sessiyasida Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etishni taklif qilgan edi. Ushbu tashabbus jahon hamjamiyati Islom dunyosi tomonidan juda katta qiziqish bilan qabul qilindi va qo‘llab quvvatlanmoqda.

Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, Markazning umumiy maydoni 2000 kv.m bo‘lib, undan 200 o‘ringa mo‘ljallangan anjumanlar zali, ma’ruzalar xonasi, shinam va ko‘rkam kutubxona, zamonaviy tarixiy adabiyotlarni mo‘tadil haroratda saqlab turadigan maxsus xonalar o‘rin oladi.

Bundan tashqari bu yerda yillar mobaynida faoliyat olib borayotgan olimlar va markaz xodimlari uchun ikkita turar joy binosi ham quriladi. Milliy an’analar, Samarqand me’morchilik uslubiga hamohang tarzda qad rostlagan Markazning fasad qismini qurishda oq marmar boshqa o‘ziga xos qurilish materiallaridan foydalaniladi.

Yangiliklar lentasi
0