Ahmad al-Usaymin IHT Bosh kotibi sifatida tasdiqlandi

Obuna bo‘lish
2016-yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Makka shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tgan mazkur majlisda IHTga a’zo mamlakatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot Bosh kotibligiga Saudiya Arabistoni tomonidan taklif qilingan Yusuf bin Ahmad al-Usayminning nomzodi yuzasidan fikr almashdilar, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT bosh kotibi Iyad bin Amin Madani - Sputnik O‘zbekiston
Islom hamkorlik tashkiloti yangi Bosh kotib nomzodini ko‘rib chiqadi
Yusuf bin Ahmad shu kungacha Bosh kotib mahkamasi direktori va bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Sessiyada Yusuf bin Ahmad al-Usaymin IHT Bosh kotibi sifatida tasdiqladi hamda Iyad Amin Madaniga Bosh kotib lavozimidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun minnatdorchilik bildirildi.

Saudiya Arabistoni tashabbusiga binoan TIVK sessiyasi Yaman hududidan Makka tomonga ballistik raketa uchirilishi munosabati bilan rezolyutsiya qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0