Farg‘onada parrandachilik maktabi ish boshladi

© PixabayKurisi
Kurisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida aholiga parrandachilikni to‘g‘ri tashkil etish, parvarishlash va maxsus inkubatorlar bilan ishlash jarayonlarini amaliyot bilan bog‘liq holda o‘rgatishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etiladi

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Farg‘onada parrandachilik maktabi ish boshladi, deb xabar qildi O‘zLiDeP matbuot-xizmati.

Mazkur maktab O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlatlash markazi viloyat boshqarmasi tomonidan "Oilaviy korxona istiqbollari" loyihasi bo‘yicha qo‘lga kiritgan 25 mln. so‘m grand evaziga tashkil etildi.

Tovuqlar - Sputnik O‘zbekiston
Millioner bo‘lishni istovchilar tovuq boqsin - Mehnat vazirligi tavsiyasi
Ushbu loyiha doirasida aholiga parrandachilikni to‘g‘ri tashkil etish, parvarishlash va maxsus inkubatorlar bilan ishlash jarayonlarini amaliyot bilan bog‘liq holda o‘rgatishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilib, unda yil yakuniga qadar 1500 nafar kam ta’minlangan oila a’zolarini o‘qitish maqsad qilib olingan.

"O‘quvlarda aholiga parrandachilik faoliyatini amaliyotda ko‘rib o‘rganishlari uchun mazkur maktabda barcha sharoitlar yaratildi. Xususan, 1000 ta tuxumga mo‘ljallangan maxsus inkubator va 50 dona tovuq harid qildik, — deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Xakimjon Raxmonov. —Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga inkobator bilan ishlash amaliyoti o‘rgatilib, ochib chiqqan jo‘jalar ularga o‘z faoliyatlarini boshlashlari uchun bo‘lib beriladi".

Shuningdek, mazkur maktabda parrandachilikni boshlash niyatida bo‘lgan aholi uchun maxsus o‘quv-qo‘llanmalar, bukletlar ham chop etilib, mahallalarda bepul tarqatish reja qilingan.

Mazkur Parrandachilik maktabi faoliyatini yanada kengaytirish, seminar ishtirokchilarini keyingi bosqichlarda ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni O‘zLiDeP elektorati bo‘lmish tadbirkor va fermerlar ko‘magida haridorlarni jalb qilish va sotish borasida ham amaliy yordam berish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0