Millioner bo‘lishni istovchilar tovuq boqsin - Mehnat vazirligi tavsiyasi

© PixabayTovuqlar
Tovuqlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parranda - yetti xazinaning biri. Bu xazina xonadoningizning bir burchagidan turib, oilangiz budjetiga yaxshigina daromad keltirishi mumkinligini bilasizmi?

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Mehnat.uz saytining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tovuq va limon xo‘jaligi bo‘yicha tavsiyanomalar berildi.

Tuxumlar - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryo Afg‘onistonga 7 million dona tuxum eksport qiladi
"Parranda — yetti xazinaning biri. Bu xazina xonadoningiz bir burchagidan turib, oilangiz budjetiga yaxshigina daromad keltirishi mumkinligini bilasizmi? Unga erishish uchun esa sizdan xohish va harakatchanlik talab etiladi, xolos", deyiladi rolik avvalida.

Rolikka ko‘ra, tuxum tug‘adigan tovuqlar orasida mutaxassislar Lomann, Dekalp, Xay-layn va Radonit-3 zotlarini boqishni tavsiya etadi.

Hozirda O‘zbekiston bozorlaridagi tuxumlarning aksariyat qismi Lomann zotlari ulushiga to‘g‘ri kelar ekan. 

Ushbu zotli parrandalardan uy sharoitida parvarishlab, 1-yilda 250-270 donagacha tuxum olinadi, deb xabar qilingan rolikda.

Jo‘jalar - Sputnik O‘zbekiston
Xivada har bir xonadonga 100 tadan jo‘ja tarqatilishi mumkin
"Parrandalar qo‘lbola kataklarda yoki yerda boqiladi. Ular asosan quruq aralash yemlar bilan oziqlantiriladi. O‘zbekiston sharoitida 1 tovuq boqish uchun 1-yilda o‘rtacha 50 kg aralash yem kerak bo‘ladi. Siz o‘z uyingizda 100ta tovuqdan 1-yilda 10 million so‘mdan ziyod sof daromad qilishingiz mumkin", — deyilgan videoda.

Qanday qilib millionlab sof daromad olish mumkin, deyapsizmi?

"Yuzta tovuqdan kuniga 60-70ta tuxum olinadi. Bir dona tuxum narxi o‘rtacha 450-500 so‘mni tashkil etsa, kuniga 30-35 ming so‘mgacha daromad qilish mumkin, degani. Bu bir oyda 1 million so‘mdan ziyod, bir yilda esa 12 million so‘mni tashkil etadi" deya izoh beriladi rolikda.

Yangiliklar lentasi
0