O‘zbekistonda dorilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFarmatsevtik fabrika
Farmatsevtik fabrika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatning ijtimoiy ahamiyatli dorilarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi loyihasini ishlab chiqdi

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda dorilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqildi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Xabarga ko‘ra, yagona davlat portalida Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi muhokama etilmoqda.Unga muvofiq ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy yo‘nalishdagi buyumlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Qoidani tasdiqlashni rejalashtirmoqda.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Dori-darmonlarni yanada arzonlashtirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar ro‘yhati tartibini o‘rnatish taklif qilinmoqda.

Ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy yo‘nalishdagi buyumlar uchun kelgusi yilda bo‘ladigan ehtiyojlarni belgilashda davolash standartlari va klinik qo‘llanmalar va, shuningdek, aholi va kasallar soni statistikasidan foydalaniladi.

Joylarda dorilarga bo‘lgan jamlangan ehtiyojlarni davolash — profilaktika muassasalari belgilashadi. Ehtiyojlar bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar jamlangan buyurtmalarni shakllantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar Sogliqni saqlash bosh boshqarmasiga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0