Rossiya bokschilari o‘zbek bokschilaridan tajriba o‘rganishadi

© AIBABoyes sbornoy Uzbekistana po boksu na chempionate mira po boksu AIBA v Gamburge, Germaniya
Boyes sbornoy Uzbekistana po boksu na chempionate mira po boksu AIBA v Gamburge, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Gamburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Eduard Kravsov rossiyalik bokschilar 2018-yilda xorijlik sportchilar bilan qator tadbirlar o‘tkazishini bildirdi. Bu haqda "R-Sport" xabar bermoqda.

Shahram G‘iyosov, Oltin medal sohibi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatdi

"Kelasi yili jahon boksi yetakchilari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Kuba, Amerika, Irlandiya terma jamoalari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Bundan maqsad, tajriba o‘rganishdir. Bular mashg‘ulotlar, uchrashuvlar va xalqaro musobaqalardagi o‘zaro uchrashuvlar bo‘ladi", — dedi Kravsov.

Ilgariroq Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev 2017-yilgi jahon chempionatida oltin medal ololmagan Rossiya terma jamoasi natijasini dahshatli deb baholagandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Gamburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0