TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 2018-yilda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida charter qatnovlarni soni ikki baravarga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bu haqda Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov va Yaponiya sayyohlik agentliklar assotsiatsiya rahbari Xiromi Tagava kelishib oldilar.
2017 yilda mamlakatlar o‘rtasida 10 ta charter avia parvozlar amalga oshirilgan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rasmiy sayti ma’lum qilishicha, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalarining O‘zbekistonda (aprel, oktabr) va Yaponiyada (sentabr) o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazmalarda faol ishtiroki ta’minlanadi.
Bundan oldin O‘zbekiston va Yaponiya yaponiyalik sayyohlar uchun maxsus turpaketlar ishlab chiqarishi haqida kelishuvlar o‘tkazilgan edi.