TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidenti rafiqasi Melanya Trampning muvaffaqiyatsiz tanlangan libosini qizg‘in masxara qilishdi. Melanya ushbu libosda BMT AQShning doimiy vakolatxonasida o‘tkazilgan anjumanda ishtirok etdi. RIA Novosti xabariga asosan.
AQSh birinchi xonimi ushbu tadbirga erkin bichimli yorqin-pushti rangda bo‘lgan ko‘ylakda keldi. Ayrim internet foydalanuvchilari ushbu libosni xalatga o‘xshatgan bo‘lsada, boshqalar esa parashutga o‘xshatishgan. Ko‘pchilik foydalanuvchilar bu libos bunday darajadagi tadbirga umuman mos emasligini ta’kidlaganlar va bunday uslubdagi liboslar Melanyaga yarashmasligini bildirishgan.
"Melanya uzun yengli yung matosidan tikilgan pushti rangli ko‘ylak kiyishi bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirdi", — deb yozgan Simon Sadbury.
Melania shocked many by donning a hot pink Delpozo wool dress, which had voluminous sleeves. pic.twitter.com/BeGiPUGAsG
— Simon Sadbury (@Sai1341) 21 sentabrya 2017 g.
Linda Pobuda esa "Men ekspert emasman, lekin katta ko‘lamli va shaklsiz bunday ko‘ylak BMT Bosh assambleyasiga noo‘rin deb hisoblayman" deb yozgan.
Ayrim internet foydalanuvchilari Melanyaning chiqishi "internet orqali zarar yetkazish"ga qarshi mavzusida bo‘lganligiga qaramasdan, ushbu libosi tufayli tanqidga uchradi.
"Kinoya bo‘lsada, shu faktni inobatga olish kerakki, uning ma’ruzasi internet-zo‘rovonlik mavzusiga bag‘ishlangan bir paytda, liberal qarashga ega bo‘lgan ayollar Melanyaning libosini masxara qilishmoqda", — deb izoh yozgan JoannieO.