Xitoy Trampning KXDRni yo‘q qilib tashlashi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp vstretilsya s liderami YeS v Brussele
Prezident SShA Donald Tramp vstretilsya s liderami YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Agar KXDR Qo‘shma Shtatlariga tahdid qiladigan bo‘lsa, AQShda uning o‘zini yo‘q qilib tashlashdan boshqa chora qolmaydi", — dedi Donald Tramp

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Xitoy TIV rasmiy vakili Lu Kan AQSh prezidenti Trampning KXDRni yo‘q qilib tashlashi mumkinligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tramp ma’muriyatining Afg‘onistonga oid da’vatini qo‘llab-quvvatladi

"Biz umid qilamizki, barcha tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyalarni bajargan holda vazminlikni namoyon qilishadi va Koreya yarim orolida keskinlikni yumshatish bo‘yicha shart-sharoitlar va muammoni diplomatik hal qilish yo‘liga tezroq qaytish bo‘yicha muhit yaratiladi", — dedi Lu Kan matbuot anjumanda.

Shuningdek, Lu Kan BMT Xavfsizlik Kengashining barcha rezolyutsiyalari barcha tomonlar Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikka harakat qilishi va yadroviy muammoni siyosiy-diplomatik usullar bilan hal qilinishi shartligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR amerikaga tahdid soladigan bo‘lsa Koreyaning o‘zini yo‘q qilib tashlashi mumkinligini aytgan edi.

"Agar KXDR Qo‘shma Shtatlarga tahdid qiladigan bo‘lsa, AQShda uning o‘zini yo‘q qilib tashlashdan boshqa chora qolmaydi", — deb ta’kidladi Donald Tramp.

Yangiliklar lentasi
0