Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vaziri bilan qator masalalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezident RUzMinistr vnutrennix del RF Vladimir Kolokolsev vo vremya vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim
Ministr vnutrennix del RF Vladimir Kolokolsev vo vremya vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda migratsiya sohasiga oid kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralarining terrorizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va qurol-yarog‘lar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro faol hamkorligini davom ettirish g‘oyat muhim ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining shu yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi tashrifi davomida qabul qilingan ikki tomonlama, shu jumladan, migratsiya sohasiga oid kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vladimir Kolokolsev i Abdusalam Azizov podpisali protokol o vzaimodeystvii mejdu ministerstvami na 2017-2018 godi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston IIVlari 2017-2018 yillarga hamkorlik Protokoli imzolashdi

Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Rossiya ichki ishlar vaziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.

V.Kolokolsev O‘zbekiston ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0