TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya poytaxtida "Moskva" savdo markazi yonida yuz bergan mojarodan so‘ng politsiyachilar tomonidan 50dan ortiq kishi ushlandi, deb xabar qildi RIA Novosti huquq-tartibot organlaridagi manbadan olingan xabar asosida.
RIA Novosti manbasining xabariga ko‘ra, savdo markazi posbonlari tomonidan markazda yuk tashuvchi bo‘lib ishlovchi migrantning do‘pposlanishi mojaroni keltirib chiqargan.
Mojaro ishtirokchilarining barchasi politsiya bo‘limiga olib kelingan.
RIA Novosti manbasi ushlanganlar soni 50 kishidan ziyodligini aytgan.
"Hozirda migratsiya ucheti bazasi bo‘yicha tpekshiruvlar olib borilyapti", — deb xabar qilgan huquq-tartibot organi xodimi nashrga.
Yangi Moskva va Sankt-Peterburgdagi to‘polon
Joriy yilning avgust oyi boshlarida Novaya Moskvadagi qurilish maydonida migrantlar ishtirokida yirik to‘polon yuz bergan edi. Armaniston va O‘zbekiston davlatlaridan bo‘lgan migrantlar ishtirokidagi bu to‘qnashuv quruvchilardan bipi tom boshidan axlat to‘ka boshlagani tufayli yuzaga kelgan.
Mojaro oqibatida olti kishi jarohatlangan va kasalxonaga tushgan.
2016 yilning iyun oyida Sankt-Peterburg yaqinidagi Kudrovo qishlog‘idagi qurilish maydonida migrantlar ishtirokida yana bir janjal yuz bergan. OAVlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, janjal quruvchilardan biriga avtomobil loy sachratib o‘tib ketishi tufayli yuzaga kelgan. Mushtlashuvda 40ga yaqin migrantlar ishtirok etgan va ulardan 17 nafari keyinchalik huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.