TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Moskvada gastarbayterlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, deb xabar qildi RIA Novosti huquq-tartibot organlaridan olingan xabar asosida.
"Politsiya xodimlari tomonidan "Moskva" savdo markazi oldida 50 nafar gastarbayterlar ishtirokidagi yirik to‘qnashuvning oldi olindi", — deyiladi xabarda.
"Gastarbayterlar savdo markazi yonida katta to‘polon uyushtirmoqchi bo‘ldi, ammo bu politsiya tomonidan bostirildi. Savdo markazi qo‘riqlash xizmati xodimlari yuk tashuvchi migrantni kaltaklagani tufayli ushbu hodisa yuz berdi. Kechqurun 50ga yaqin kishi, shu jumladan gastarbayterlar ham savdo markazi oldiga kelishgan va majmuani qo‘riqlayotgan xodimlar bilan mushtlashmoqchi bo‘lishdi", — deb xabar qilgan agentlikka suhbatdosh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqtida yetib kelgan politsiyachilar tufayli to‘polonning oldini olib, to‘qnashuv ishtirokchilarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan.