FIFA O‘zbekiston futbol federatsiyasiga 5 million dollar o‘tkazib beradi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishOfis FIFA v Surixe
Ofis FIFA v Surixe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FIFA 5 million AQSh dollarini 4-yil ichida o‘rnatilgan tartibda federatsiyalarga audit asosida o‘tkazib beradi

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 2018-yilning oxirigacha O‘zbekiston futboliga 3,5 million AQSh dollari, 2019-yilda esa yana 1,5 million dollar O‘FF hisobiga o‘tkazib beriladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar qildi.

Noviy prezident FIFA Djanni Infantino - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadjonov FIFA prezidenti bilan O‘zbekistonda JCh turnirlari o‘tkazishni muhokama qildi

Meksikada bo‘lib o‘tgan Kongressda Infantino FIFAning daromadi unga a’zo federatsiyalarga taqsimlab berilishi kerakligini aytgan edi. Ana shu gaplarning isboti tariqasida Infantino yangi rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyiha doirasida FIFAga a’zo har bir federatsiya, shu jumladan O‘zbekiston ham, 4-yil muddatga 5 million AQSh dollari miqdorida pul oladi.

Bu pullar FIFAning "Forvard" loyihasi reglamentida aytib o‘tilganidek federatsiyaning ishini yuritish, ma’muriy boshqaruv ishlari, shuningdek, terma jamoalar, respublika miqyosidagi musobaqalarni o‘tkazish, veb-sayt ishlarini takomillashtirish kabi alohida belgilab qo‘yilgan ishlarga sarflanishi kerak. Amaliy ishlar tugagach, FIFA 5 million AQSh dollarini 4-yil ichida o‘rnatilgan tartibda federatsiyalarga audit asosida o‘tkazib beradi.

Umid Ahmadjonovning FIFA bilan muzokaralari natijasida maxsus loyihalar uchun FIFA bilan 2017-2018 yilgi davrga 1,5 million AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolanadigan bo‘ldi. Ahmadjonovning topshirig‘i asosida Toshkentda ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilib, unga belgilangan muddat ichida barcha xujjatlarni Surixga yuborish vazifasi birlamchi qilib qo‘yildi.

Match Uzbekistan - Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF 10 kun ichida xalqqa bayonot beradi

Bundan tashqari 2016-yilgi maxsus loyihalar uchun o‘z hisobidan mablag‘ ishlatib turgan O‘FFga xarajatlarni qoplash maqsadida 1 million AQSh dollari o‘tkazib beriladigan bo‘ldi. Janni Infantino kelgusida FIFAning futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy grant dasturlarida O‘zbekistonning faol ishtirok etishiga umid bildirdi.

FIFA qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifi bilan FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurishga va’da berdi.

Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O‘FF delegatsiyasi Shveysariyadan Toshkentga shu hafta oxirida qaytib keladi.

Yangiliklar lentasi
0