TOShKENT, 21 sen — Sputnik. "Navoiy" aeroportidan Xitoyning Guanchjou shahriga ilk marta "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK yuk samolyoti parvoz qildi.
MAK matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yangi yuk tashuv yo‘nalishining ochilishi mahalliy eksportchilarga o‘z mahsulotlarini Xitoy bozoriga yetkazish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni taqdim etadi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va biznes hamkorlikning mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.
Ayni paytda "Navoiy" xalqaro aeroportidan "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK yuk samolyotlari Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanxay va Tanszin shaharlariga qatnovlarni amalga oshiradi.