O‘tgan 9 oy davomida 800dan ortiq shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1991 yildan 2007-yilga qadar respublikada jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 2016-yilning dekabridan hozirgi kunga qadar 800 nafardan ortiq shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxo‘jayev bugun bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston prezidentining 7 ta farmoniga asosan jami 835 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish yuzasidan murojaatlari qanoatlantirilib, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindilar.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Fuqaroligi bo‘lmagan 100dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarning barchasiga rasmiylashtirilgan pasportlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar xokimliklarida tantanali ravishda topshirildi.

Toshxo‘jayevning aytishicha, bugungi kunda O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan bir nechta fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilish yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda respublikada minglab fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashab kelishlarini inobatga olib, kelajakda ularning soni ortib borishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1991-yildan 2007-yilga qadar respublikada jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0