TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 25 sentabrdan boshlab respublikada havo harorati 20 darajagacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, 23-25 sentabrda kunduzi +23…+28 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda va xorazm viloyatida ham havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi +9…+14, 24-25 sentabr kunlari kunduzi +20…+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi +10…+15, 23-25 sentabr kunlari kunduzi +23…+28 darajagacha bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi +13…+18, kunduzi +27…+32 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +12…+17, kunduzi +23…+28 darajagacha issiq bo‘ladi.