TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkentning biryo‘la uch oliy o‘quv dargohi O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiyada ishlashga ruxsatnoma olish uchun imtihon qabul qilaboshlaydi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali diretori Xafizov Abduaziz Dilshodovich.
Yagona imtihon rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari borasidagi bilimlarni tekshiruvchi savollardan iborat bo‘ladi. Imtihonlar O‘zbekiston Milliy universiteti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlati texnika universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida bo‘lib o‘tadi.
Yangi xizmat pullik bo‘ladi, to‘lov milliy va xorijiy valyutalarda qabul qilinadi. Xorijiy valyutada to‘lovlarni qabul qilish uchun markazlar maxsus terminallar bilan jihozlanadi. To‘lovning so‘mdagi qismi imtihon markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar va oliygoh xodimlarini rag‘batlantirishga sarflanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning nomlari avtomatlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasiga qo‘shiladi. Uni ayni paytda ishlab turgan mehnat migrantlariga oid elektron baza bilan birlashtirish rejalashtirilgan.
Imtihonlar haqida barcha ma’lumotlar (uslubiy qo‘llanmalar, ularning bahosi, o‘tish vaqti va joyi) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.