Mehnat migrantlarining O‘zbekistonda pensiya olishi qanday amalga oshiriladi?

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Xafizov Abduaziz Dilshodovichning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ishlagan o‘zbekistonlik mehnatkash migrantlar vatanga qaytganlarida pensiya olishlari mumkin

TOShKENT, 20 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Mehnat migratsiyasi qoida tariqasida bir necha yil davom etadi. Xodim chet eldan qaytganidan so‘ng uch kun ichida vakolatli organ tomonidan uning pasportidagi chegarani kesib o‘tganligini tasdiqlovchi shtamp asosida qaysi mamlakatda va qancha muddat ishlagani to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi. U Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lash va mehnat daftarchasiga qayd kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, deb qayd etdi Abduaziz Xafizov.

Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
"Mehnat migratsiyasi": O‘zbekistondan Rossiyaga qonuniy ketish qanchaga tushadi?

Chet elda bo‘lish muddatlari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va konsulliklar tomonidan ham tasdiqlanishi mumkin.

Xodim kelajakda qancha pensiya olish istagidan kelib chiqqan holda Pensiya jamg‘armasiga kiritadigan sug‘urta badali miqdorini o‘zi belgilaydi. Bunda oylik to‘lov miqdori eng kam ish haqining bir baravaridan kam bo‘lmasligi kerak. Sug‘urta badallarini naqd yoki naqdsiz to‘lash mumkin.

Chet elda ishlayotgan fuqaroning mehnat daftarchasi uning doimiy yashash manzili bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limida saqlanadi va yuritiladi. Pensiya jamg‘armasiga — badal kiritilgan davrgina mehnat stajiga qo‘shiladi. Shunday qilib, fuqarolar agentlik orqali qaysiki mamlakatda ishlamasin, mehnat staji to‘playdi, sug‘urta badallarini to‘laydi hamda qariganda o‘zi uchun munosib pensiyani kafolatlaydi.

Yangiliklar lentasi
0