Amaldorlar daromadlari haqidagi deklaratsiyani qanday topshirishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda amaldorlar mavqeyi va faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan davlat xizmatiga oid maxsus qonun ishlab chiqilmoqda

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromad va mulklari haqidagi deklaratsiyani to‘ldirish jarayoni umume’tirof etilgan xalqaro tajriba asosida o‘rnatiladi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i o‘rinbosari Vacheslav Pak xalqaro press-klub yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda amaldorlar mavqeyi va faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan davlat xizmatiga oid maxsus qonun ishlab chiqilmoqda.

Amaldor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda amaldorlar o‘z daromadlari va xarajatlari haqida deklaratsiya topshiradilar

"Davlat xizmatchilarining daromad va mulklari haqidagi deklaratsiyani to‘ldirish jarayoni umume’tirof etilgan xalqaro tajriba asosida o‘rnatiladi. Bunda birinchi shaxs va idoralar rahbarlarining daromadlarini oshkor etish va ma’lum qilish ko‘zda tutilmoqda. Boshqa barcha davlat xizmatchilari daromad va mulklari haqidagi deklaratsiyani soliq organlarida umumiy o‘rnatilgan tartibda to‘ldiradilar", — dedi Vacheslav Pak.

Eslatib o‘tamiz, davlat xizmati haqida ishlab chiqilayotgan qonun loyihasining 23-moddasiga ko‘ra, "kichik mutaxassis" toifasidan tashqari lavozimdagi mansabdorlar har yili mol-mulki haqidagi deklaratsiyani, daromad va xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, oila a’zolarining mol-mulki hamda daromad va xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Agarda davlat xizmatchisi daromadlari va mol-mulki haqida, shuningdek, oila a’zolari mol-mulki haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etsa, lavozimidan bo‘shatiladi.

Yangiliklar lentasi
0