O‘zbekistonda amaldorlar o‘z daromadlari va xarajatlari haqida deklaratsiya topshiradilar

© Sputnik Ilya PitalevAmaldor
Amaldor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Daromad, xarajatlar va mol-mulk to‘g‘risida deklaratsiyani taqdim etmaslik yoxud to‘liqsiz, noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish mansabdorning davlat xizmatidan chetlatilishi uchun asos bo‘lib xizmat qila oladi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolari daromad va mol-mulk to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari shart etib belgilanadi. Bu kabi o‘zgarishlar "Davlat xizmati" haqidagi qonunchilik loyihasida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana kadrlar o‘zgarishi: Mirziyoyev amaldorlardan qattiq norozi
Qonun loyihasida yozilishicha, davlat xizmatida amal egallagan mansabdorlar ("kichik mutaxassis" toifasidagilardan tashqari), har yili mol-mulk, oladigan daromadlari va qiladigan sarf xarajatlari haqida ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining oila a’zolari, xususan ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari (shu jumladan asrab olinganlari ham) mol-mulk va daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Ayrim toifadagi davlat xizmatchilari uchun qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Shu jumladan, ularning oila a’zolari ro‘yxati kengaytirilishi mumkin. Qo‘shimcha talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi

Daromad, xarajatlar va mol-mulk to‘g‘risida deklaratsiyani taqdim etmaslik yoxud to‘liqsiz, noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish mansabdorning davlat xizmatidan chetlatilishi uchun asos bo‘lib xizmat qila oladi.

Hujjatda shuningdek, O‘zbekiston prezidenti qoshida davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organ tuzilishi nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0