1 oktabrdan qator mahsulotlarga import bojlari va aksiz soliqlari kamaytiriladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishPunkt tamojennogo oformleniya na granitse
Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qarordan maqsad aholi iste’mol talabini qondirish va ichki bozorda narxlar o‘sishining oldini olish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskunalar va tarkibiy qismlarni, xom-ashyolarni import qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab import bojlari va aksiz soliqlari stavkalari yangilanadi.

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mamlakatga olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlarga import bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan. Unda yirik va mayda shoxli qoramol, yirik shoxli qoramol go‘shti, baliq mahsulotlari, sut, kartoshka, yorma, un va boshqa mahsulotlarga import bojini bekor qilish taklif etilgan. Shuningdek, qator pozitsiyalar bo‘yicha bojlarni hamda bir qator tovarlarga aksiz solig‘ini kamaytirish taklif etilmoqda.

Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
10 sentabrdan 42 turdagi mahsulotni bojxona to‘lovisiz olib o‘tish mumkin

Hujjatda aytilishicha, ushbu qarordan maqsad aholi iste’mol talabini qondirish va ichki bozorda narxlar o‘sishining oldini olish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskunalar va tarkibiy qismlarni, xom-ashyolarni import qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagandi.

Unga muvofiq, 10-sentabrdan boshlab 42 nomdagi tovar turlari bo‘yicha bojxona bojining nol stavkasi belgilandi. Sakkiz turdagi tovar guruhlari aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.

Ilgariroq shu yilning 1-sentabridan boshlab go‘sht, un, yog‘ va boshqa qator mahsulotlar import boji va aksiz solig‘idan ozod etilgandi.

Shuningdek, 15-sentabrdan boshlab shakarqamish yoki qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimoviy jihatdan toza saxaroza uchun import bojxona bojining nol darajasi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0