TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Unga muvofiq, 10-sentabrdan boshlab 42 nomdagi tovar turlari bo‘yicha bojxona bojining nol stavkasi belgilandi.
Sakkiz turdagi tovar guruhlari aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Hujjat SSPning "Qonunchilik" telegram-kanalida joylashtirilgan.
Ilgariroq shu yilning 1-sentabridan boshlab go‘sht, un, yog‘ va boshqa qator mahsulotlar import boji va aksiz solig‘idan ozod etilgandi.