Muxlislar murojaati qondirildi: oliy liga hakami hakamlikdan chetlatildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGlavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha
Glavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Liga 21-turi doirasidagi "Buxoro"-"Dinamo" uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligini O‘FF hakamlar va inspektor ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi ko‘rib chiqdi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘i asosida Hakamlar va inspektorlar qo‘mitasining navbatdagi majlisi chaqirilib, unda Rustam Bobomurodovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

Shu yilning 16-sentabrida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Liga 21-turi doirasidagi "Buxoro"-"Dinamo" uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligini O‘FF hakamlar va inspektor ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi ko‘rib chiqdi. Bo‘lim boshlig‘i Arslon Xatamov yakunda Rustam Bobomurodovga qoniqarsiz 4 ball qo‘ydi.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Futboldagi korrupsiya va qing‘irliklarga qarshi maxsus bo‘linma va qo‘mita tuziladi

Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig‘i Noil Lutfullin qo‘mita yig‘ilishida Rustam Bobomurodov masalasi bo‘yicha "Hakamlarning tartib-intizom kodeksi" asosida qaror qabul qilishni taklif qildi.

Natijada oliy liganing 21-tur o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan "Buxoro"-"Dinamo" o‘yinida bir necha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan Rustam Bobomurodovning xizmat haqi yuz foizga kamaytirilib, hakamlikdan butunlay chetlatildi.

"Alohida qayd etish kerakki, so‘nggi paytlarda O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasiga Rustam Bobomurodovning masalasi yuzasidan qanday qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning oqimi kuchaygan edi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ishga tushgan edi.

Yangiliklar lentasi
0