Mirziyoyev nogironlarga 100 dona aravacha sovg‘a qildi

© Xalq bilan muloqot guruhiPrezident nomidan nogironlarga aravachalar topshirildi
Prezident nomidan nogironlarga aravachalar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati bo‘yicha 100 dan ziyod ehtiyojmandlarga O‘zbekiston prezidenti nomidan nogironlik aravachalari sovg‘a qilindi

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Camarqand shahridagi "Yoshlik" madaniyat va istirohat bog‘ida Samarqand, Jomboy, Bulung‘ur tumanlari hamda Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh nogironlarga Prezident sovg‘asi — nogironlik aravachalari topshirildi. 

Nogiron - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti nogironlarni qo‘llab-quvvatlash haqida qaror imzoladi
"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Samarqand shahar hokimi F. Rahimov va Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M. G‘afurovalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Shavkat Mirziyoyev nomidan 26 nafar nogironga aravacha hamda "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limining dori-darmon jamlanmalari topshirildi.

"O‘n nafar farzandimni kamolga yetkazib, uyli-joyli qilganman, — deydi Samarqand shahridagi "Beruniy" mahallasida istiqomat qiluvchi Matlab Qodirova. — Yurak xuruji tufayli nogiron bo‘lib qoldim. 2002-yildan buyon shu ahvolda yashayman, mustaqil harakatlana olmayman. Allohga shukur farzandlarim, yaqinlarim, mahalladoshlar meni yolg‘iz qoldirishmaydi. Har doim atrofimda parvona. Bugun Prezidentimiz sovg‘asini olib, yuksak e’tibordan boshim ko‘kka yetdi".

Tadbir ishtirokchilari Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan dasturxon atrofida dildan suhbat qurishdi. Iqtidorli yosh xonandalarning ona Vatanni, mehr-oqibatni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.

Shu kuni jami Samarqand viloyati bo‘yicha 100 dan ziyod ehtiyojmandlarga prezident nomidan nogironlik aravachalari sovg‘a qilindi.

Yangiliklar lentasi
0