"Mariya" dovuli Atlantika okeanida eng yuqori xavf darajasiga yetdi

© REUTERS / Alvin BaezUragan "Irma" v severnoy chasti Karibskogo basseyna
Uragan Irma v severnoy chasti Karibskogo basseyna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Mariya" dovulining shamol tezligi 260 km/s tashkil qilib, shimoliy-g‘arbiy tomonga harakatlanmoqda

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. "Mariya" dovuli Karib orollariga yaqinlashmoqda. Uning kuchi eng yuqori, beshinchi darajaga yetdi. Bu haqda RIA Novosti AQShning Milliy dovullar markaziga asosan xabar qildi.

Ulitsa Xyustona, zatoplennaya v rezultate uragana Xarvi. 28-avgusta 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Texas shtatida "Xarvi" dovuli oqibatida 82 kishi halok bo‘ldi

Bundan oldin "Mariya" dovul kuchi to‘rtinchi darajaga kamayganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Markaz saytiga ko‘ra, dovul shamol tezligi 260 km/s tashkil qilmoqda. Dovul g‘arbga va shimoliy-g‘arbiy tomonga 15 km/s tezlikda ketmoqda.

Sinoptiklar bashoratlariga ko‘ra, keyingi haftada "Mariya" dovuli bo‘ronga aylanadi. Undan Karib dengizi hududidagi orollar jabr chekishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp Virjin orollari va Puerto-Riko hududlarida favqulodda holat e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Atlantika okeani hududida, Janubiy Amerika qirg‘oqlari va Karib dengizi havzasidan uzoq bo‘lmagan hududda «Mariya» dovuli paydo bo‘layotgan. Maksimal kuch darajasiga ko‘tarilgan "Mariya" dovuli Dominikaga yopirilib, bu orol davlat bosh vaziri Ruzvelt Skerritning uyi jiddiy zarar ko‘rgan edi.

Yangiliklar lentasi
0