TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Texas shtatida "Xarvi" dovuli oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Texas shtati gubernatori Greg Ebbot kuni kecha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Bundan avval 60 kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
"Bizda 82 kishi halok bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor", — dedi Ebbot.
Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni AQShning Texas shtatiga "Xarvi" dovuli bostirib keldi. "Xarvi" dovuli so‘ngi 12-yil ichida eng talofatli dovul bo‘ldi.
Sakkiz kun davomida "Xarvi" dovuli rekord darajadagi yog‘ingarchiliklarni keltirib chiqargan. Xyuston va Texasda sodir bo‘lgan suv toshqinida 13 ming kishi qutqarib qolindi.
AQSh prezidenti Donald Tramp tabiiy ofat ro‘y bergan hududga tashrif buyurib, jabrlanganlarga yordam berilishi haqida va’da qildi.