Kecha qo‘lga olingan terrorchi sobiq Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie odnogo iz organizatorov terakta v metro Sankt-Peterburga A. Azimova
Zaderjanie odnogo iz organizatorov terakta v metro Sankt-Peterburga A. Azimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya FSBsi tomonidan qo‘lga olingan Sankt-Peterburg metrosidagi portlash tashkilotchisi Abror Azimov 2013-yilda Qirg‘iziston fuqaroligidan chiqqan ekan.

 

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Kecha 18-aprel kuni Moskva viloyatida qo‘lga olingan terrorchi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra Azimov Abror Axralovich 1990-yilda Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida tug‘ilgan, 2013-yilning 25-mayida Qirg‘iziston fuqaroligidan chiqarilgan.

Abror Azimov Sankt-Peterburg metrosida portlash uyushtirgan xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilovni tayyorlashda gumon qilinmoqda. Qo‘lga olish vaqtida uning yonidan jangovar to‘pponcha ham topilgan.  

Qirg‘iziston prezidenti saytida xabar qilinishiga ko‘ra, Abror Azimovning millati o‘zbek, ayni damda u Rossiya fuqarosi.  

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0