TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga yetib bordi, deb xabar berdi "O‘zbekiston 24".
O‘zbekiston rahbarini Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev bugun BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston prezidenti tashrif doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Mirziyoyev, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston — Amerika biznes-forumida ishtirok etadi.
BMTning bu galgi, 72 sessiyasi jahondagi qaltis siyosiy vaziyatlar, qarama-qarshiliklar va turli yo‘nalishlarda tahdidlar tobora ortib borayotgan bir davrda bo‘lib o‘tmoqda.
Kun tartibiga xalqaro siyosat, xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm, ayrimachilikka qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish, ekologiyani asrab-avaylash, irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi 170dan ortiq masala kiritilgan.