O‘zbekistonda futbol o‘yinlariga elektron chiptalar savdosi yo‘lga qo‘yiladi

© Commons.wikimedia / TwoWingsFutbolnie bolelshiki na tribune derjat flag Uzbekistana
Futbolnie bolelshiki na tribune derjat flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu bilan chiptalar savdosiga chayqovchilarning ta’sirini kamaytirish, hududlardagi ishqibozlarning o‘z uylaridan turib o‘yinlarga chipta sotib olishini ta’minlash kabi qulayliklarni yaratish asosiy maqsad qilib olingan

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘FF terma jamoalar, chempionat, kubok va birinchilik o‘yinlariga elektron chiptalar savdosini joriy etmoqchi. Bu orqali ishqibozlarga chiptalar o‘z narxida va teng taqsimlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu bilan chiptalar savdosiga chayqovchilarning ta’sirini kamaytirish, hududlardagi ishqibozlarning o‘z uylaridan turib o‘yinlarga chipta sotib olishini ta’minlash kabi qulayliklarni yaratish asosiy maqsad qilib olingan.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Futboldagi korrupsiya va qing‘irliklarga qarshi maxsus bo‘linma va qo‘mita tuziladi

Shuningdek, federatsiya ishining shaffofligini ta’minlash va shu orqali fuqarolarning federatsiyaga ishonchini ortishiga erishish ham asosiy vazifa qilib olingan.

"Aksariyat murojaatlarda federatsiya xalqning mablag‘ini suiste’mol qilganlikda ayblanadi. Fuqarolarda paydo bo‘lgan noto‘g‘ri tasavvurni yo‘qotish uchun federatsiya moliyalashtirish uchun mablag‘ni qayerdan olib, qayerga sarflashini shaffoflashtirishni ta’minlaydi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Xabar qilinishicha, O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov ushbu haftada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashadi. Keyingi haftada esa O‘FFda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar yuzasidan futbol jamoatchiligiga axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining 12-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasida tashkilotga Umid Ahmadjonov yangi prezident etib saylangandi.

Yangiliklar lentasi
0