Marg‘ilonda ekstremistik yozuvlar tarqatgan aka-ukalar sudlandi

© Sputnik / Konstantin RodikovZaderjanniy na zasedanii suda
Zaderjanniy na zasedanii suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har ikki sudlanuvchi O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari o‘tkazgan maxsus tadbir chog‘ida qo‘lga olingan.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi diniy-ekstremistik materiallar tarqatishda ayblangan aka-uka Dilmurod va Hamidulla Mirzaakbarovlar ishini ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Har ikki sudlanuvchi O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari o‘tkazgan maxsus tadbir chog‘ida qo‘lga olingan.

Sud majlisida aniqlanishicha, 41 yoshli Dilmurod Mirzaakbarov 2010-yilda uyali telefoni orqali internetdan O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan "jihodchilar" guruhi g‘oyaviy yetakchilarining diniy-ekstremistik da’vatlari yozilgan audioyozuvlarni ko‘chirib olgan. Keyin bu yozuvlarni o‘zining sakkiz nafar sobiq sinfdoshiga bergan.

Panjara - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xalifalik qurishni rejalashtirgan ekstremistlar sud qilindi

"Ayblanuvchi 2012-yilda bu materiallarni o‘zining 30 yoshli ukasi Hamidullaga ham bergan va u bu yozuvlarni tanishlariga tarqatgan", — dedi sud vakili.

Sud majlisi davomida guvohlar Dilmurod Mirzaakbarov ularga respublikada taqiqlangan diniy-ekstremistik yozuvlarni tarqatganligini tasdiqlashdi.

Ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va qilgan ishi uchun pushaymonligini bildirdi.

Sud ayblanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalarini eshitgach, D.Mirzaakbarovni Jinoyat kodeksining 2441-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bo‘yicha aybdor deb topdi va olti yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Uning ukasi H. Mirzaakbarov ham ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topildi va unga ikki yilu bir oy muddatga ish haqining 20 foizini ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0