Toshkentda xalqaro turizm yarmarkasi 3-oktabrda ochiladi

© Sputnik / StringerMejdunarodnaya turisticheskaya yarmarka v Tashkente
Mejdunarodnaya turisticheskaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil “Ipak yo‘lida turizm” nomli turizm yarmarkasi Toshkentda 23-marta bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. “Ipak yo‘lida turizm” nomli xalqaro turistik yarmarkasi Toshkentda 3-oktabrda boshlanadi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi.

O‘zbekistonda "Turizm olami" jurnali nashrdan chiqarildi

Dunyoning turli mamlakatlaridan o‘nlab sayyohlik kompaniyalari O‘zbekiston poytaxtiga jamlanishadi. Bu yerda ular o‘zbekistonlik hamkasabalari bilan uchrashib ular bilan hamkorlikni muhokama qilishadi va shartnomalar imzolashadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning avgust oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Turistik tashkiloti  UNWTO bosh kotibi Taleb Rifai bilan uchrashib, O‘rta Osiyo hududida mahalliy komissiya tashkil qilish masalasini muhokama qilgan edi.

Shuningdek, o‘tgan haftada O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov Rosturizm rahbari Oleg Safonov bilan uchrashib, O‘zbekiston va Rossiya orasida turizmni rivojlantirish borasida birgalikda “yo‘l xaritasini” tuzishga kelishib olishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0