O‘zbekistonda "Turizm olami" jurnali nashrdan chiqarildi

Obuna bo‘lish
Respublikaning turistik salohiyatini horijda keng targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Turizm olami" jurnali nashrdan chiqarildi, deb xabar qilindi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida.

Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Buxoro turistik zonasiga sarmoya kiritadi
Har chorakda chop etiladigan jurnalning maqsadi – O‘zbekistonda turizm sohasiga oid ilmiy, amaliy va tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda, mamlakatning turistik yo‘nalishida ochilmagan qirralarini ommalashtirish.

Respublikaning turistik salohiyatini horijda keng targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

"Jurnal keng jamoatchilik bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida, xorijiy mamlakatlar va halqaro tashkilotlarning yurtimizda faoliyat olib borayotgan vakolatxonalarida tarqatiladi", — deyilgan xabarda.

Jurnalning 2017-yil uchun obuna narxi — (1, 2, va 3 sonlari uchun) pul o‘tkazish yo‘li bilan 60 000 sumni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0