Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining birinchi kunida so‘zga chiqadi

Obuna bo‘lish
Joriy yil 12-sentabr kuni BMTning 72-chi sessiyasi Bosh Assambleyasi ochiladi. Sessiya ikki hafta davomida 193 ta davlat rahbarlari so‘zga chiqadilar

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining birinchi kunida so‘zga chiqadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Tramp BMTning Bosh Assambleyasida ilk bor nutq so‘zlaydilar

O‘zbekiston prezidenti bilan birga shu kuni Bosh assambleya minbariga AQSh prezidenti Donald Tramp, shuningdek Armaniston, Afg‘oniston, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya prezidentlari chiqadilar.

Bosh Assambleyaning oliy siyosiy muzokaralari 19-25 sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Muzokaralarning eng dolzarb mavzusi dunyo aholisi uchun munosib hayot yaratishdir.

Bundan tashqari, Bosh Assambleya ishtirokchilari Markaziy Amerika, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyatlarni muhokama qiladilar.

Shuningdek, 20-sentabr kuni Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Donbassda tinchlikparvar missiyasini joylash haqidagi masalani ko‘tarib chiqadi. Moldaviya hukumati esa o‘z hududidan xorijiy harbiylarni chiqib ketish masalasi bo‘yicha so‘zga chiqadi.

Anjumanning so‘nggi kunida tashqi ishlar vazirlarining so‘zga chiqishi belgilangan. Unda KXDR va Suriya tashqi ishlar vazirlari chiqishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasi — bu umumiy siyosiy muzokaralar o‘tkaziladigan xalqaro forum hisoblanadi va Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida o‘tkaziladi. Xalqaro siyosiy anjuman davomida BMTga a’zo davlatlar delegatsiya rahbarlari dunyo hamjamiyati oldida turgan asosiy xavf-xatarlar, xalqaro va mintaqaviy inqirozlar xususida o‘z fikrlarini bildiradilar.

Yangiliklar lentasi
0