Plastik kartochkalar chiqarish va terminal ijaraga olish arzonlashdi

© Sputnik / Ruxkan / Mediabankka o‘tishOplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki plastik kartochkalar amaldagi tariflar rejasiga o‘zgarishlar kiritdi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki "so‘m" plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.

To‘lov terminallari ijarasi yuridik shaxsllar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 5 va 2.5 yevro o‘rniga 25 ming va 15 ming so‘m deb belgilandi. 

VISA va MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlar plastik kartochkadan o‘z ixtiyoricha foydalanishi mumkin

Yo‘qotilgan yoki shikastlangan plastik kartochkalari o‘rniga yangi kartochka berish narxi, jismoniy shaxslar uchun 10 ming so‘m, yuridik shaxslar uchun 15 ming so‘m etib belgilandi. Oldin 5 va 10 yevro edi.

Jismoniy shaxslar uchun plastik kartochkalarini (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar)ni emissiya qilish, plastik kartochkalarni blokirovka (shu jumladan, "stop-list"ga) qo‘yish va chiqarish kabi xizmatlar bepul ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Ushbu o‘zgarish va qo‘shimchalar O‘zbekiston prezidentining "Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori va "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni doirasida qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0