Qozog‘istonda 2018-yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishDvores Prezidenta "Ak orda" v Astane
Dvores Prezidenta Ak orda v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yili doirasida Qozog‘istonda o‘zbek rassomlari ko‘rgazmalari tashkil qilinadi, xalq ustalari hunarmandlik yarmarkalarida ishtirok etishadi, musiqa va teatr jamoalarining gastrollari uyushtiriladi

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qozog‘istonda kelgusi yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilinadi, deya ma’lum qildi Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bugun bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida.

Prezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Nazarboyev tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi

"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarda madaniy-gumanitar aloqalar muhim o‘rin tutadi. Biz 2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini o‘tkazishga kelishib oldik. Shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi ham belgilandi. Ushbu doirada xalqlarimiz birodarligini mustahkamlashga xizmat qiladigan turli tadbirlar tashkil etiladi", — dedi Nazarboyev.

2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkaziladi.

O‘zbekiston yili doirasida Qozog‘istonda o‘zbek rassomlari ko‘rgazmalari tashkil qilinadi, xalq ustalari hunarmandlik yarmarkalarida ishtirok etishadi, musiqa va teatr jamoalarining gastrollari uyushtiriladi. Ostona, Almati va Qozog‘istonning boshqa viloyatlarida o‘zbek tili, madaniyati va an’analari kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0