TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qishloq Xo‘jalik mahsulotlarini Davlat buyurtmasi asosida sotib olish va Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi maxsus fond tashkilish haqida PQ-5095 — sonli prezident qarorini imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Yangi tuzilma Vazirlar mahkamasi boshqaruvi ostida bo‘lib, uning asosiy vazifasi — davlat buyurtmasi asosida sotib olinayotgan paxta, bug‘doy hosili uchun o‘z vaqtida hisob-kitib qilish, boshqa davlatlarning qishloq xo‘jaligini moliyalash bo‘yicha tajribasini o‘rganib, keyin uni Respublikada qo‘llashdan iboratdir.
Find shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklariga zamonaviy va yuqori samarali qishloq xo‘jalik texnikasini lizing sharti bilan yetkizib berish bilan shug‘ullanadi. Fond budjet mablag‘i, Markaziy bankning imtiyozli kreditlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari va boshqa manbaalar orqali ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘zbekiston YaIMida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 17,6% ni tashkil qilgan edi.