O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishEkipaj tanka T-72B3 armii Kazaxstana
Ekipaj tanka T-72B3 armii Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust oyida Qozog‘iston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor harbiy hamkorlik rejasini tuzdi

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Hujjat Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolandi. Unga O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri Beybut Atamkulov imzo chekdi.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy hamkorlikni muhokama qildi

"Kelishuvning amalga oshirilishi o‘zaro tenghuquqlilik va harbiy-texnika sohasidagi hamkorlik tamoyillari asosidagi ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi", — deyiladi hujjatga sharhda.

Joriy yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy-texnika sohasidagi hamkorlikni faollashtirdi. Avgust oyida Qozog‘iston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor harbiy hamkorlik rejasini tuzdi.

Ayni kunlarda Toshkentda Qozog‘iston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda jumladan, Qozog‘iston harbiy sanoat majmuasi korxonalari o‘z mahsulotlari — zirhlangan avtomobillar, universal poligon qurilmasi, qo‘mondonlik-shtab mashinalari va radiorele stansiyalari, radioaloqa vositalarini namoyish etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0