O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy hamkorlikni muhokama qildi

Obuna bo‘lish
Ikki respublika mudofaa vazirliklari ilgariroq tarixda ilk bor harbiy hamkorlik rejasini imzolagandi, endi kelishuv imzolash rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudov Qozog‘iston mudofaa mahkamasi rahbari general-polkovnik Saken Jasuzoqov bilan uchrashdi.

Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston ilk bor harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi

Uchrashuv davomida tomonlar harbiy hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashishdi. Qayd etish joiz, joriy yilda ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘iston mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgariroq Qozog‘iston va O‘zbekiston mudofaa mahkamalari ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor harbiy hamkorlik rejasini imzolagandi. Imzolangan hujjatda harbiy ta’lim sohasida hamkorlikda qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi doirasida tadbirlar o‘tkazishni ko‘zda tutilgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0