Markaziy bank eksportdan kelib tushgan valyuta tasarrufi bo‘yicha tushuntirish berdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksportchilar eksportdan kelib tushgan o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish va hech qanday to‘siqlarsiz xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish, tovarlar (xizmatlar) importi uchun sarflashlari yoki xizmat ko‘rsatuvchi bankka, valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga ega

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki eksportdan kelib tushgan chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuv amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirish berdi.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Eksportchilar valyuta tushumini sotish majburiyatidan butunlay ozod qilindi

Bankning bildirishicha, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi "Valyuta siyosatini erkinlashtirishning ustivor chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar eksport amaliyotlari bo‘yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo‘yilgan talab bekor qilindi.

Yuqoridagi meyor qabul qilinishi munosabati bilan va majburiy sotuvni amalga oshirilishi yoki oshirilmasligi yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javoban Markaziy bank 2017-yilning 5-sentabridan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari eksport qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) turi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, eksport amaliyotlari bo‘yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo‘yilgan talab bekor qilinganligini ma’lum qildi.

Bundan buyon eksportchilar eksportdan kelib tushgan o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish va hech qanday to‘siqlarsiz o‘z xohishlariga ko‘ra, joriy xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar (xizmatlar) importi uchun sarflashlari yoki milliy valyutadagi joriy xarajatlarni amalga oshirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga egadir.

Yangiliklar lentasi
0