TOShKENT, 11 sen — Sputnik. "Irma" dovuli Florida uch million aholisini elektr tokisiz qoldirdi. Bu haqda RIA Novosti FPL elektr tarmoq kompaniyasiga tayangan holda xabar qildi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Floridaning 95 foiz hududi elektr ta’minotsiz qolgan.
Elektr tarmoqlarni tiklash uchun 16 ming xodimlar jalb qilinadi.
AQSh meteoxizmat ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunla "Irma" dovuli uchinchi darajadan ikkinchi darajaga o‘tdi. Uning shamol o‘rtacha tezligi 175 km/s tashkil qildi.
Florida shtati ma’muriyatiga ko‘ra, tabiiy ofat 30 mln kishiga tahdid qolmoqda. Bugungi kunda 114 ming aholi vaqtincha boshpana joylarga ko‘chirilgan, shuningdek, yana 6 million kishi evakuatsiya qilinadi.
Estatib o‘tamiz, o‘tgan haftada "Irma" dovuli Atlantika okeanida hosil bo‘lgan. Dovul natijasida Sen-Marten va Sen-Bartelem orollarida 8 kishi halok bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan.