TOShKENT, 15 sen — Sputnik. 2017-yilning 14-sentabr kuni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining "O‘zbekkino" Milliy Agentligidagi Yetakchilar kengashi raisini saylash bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berildi "O‘zbekkino" milliy agentligi rasmiy saytida.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi vakili, shuningdek, "O‘zbekkino" Milliy Agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev hamda agentlik xodimlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda ko‘rsatilgan nomzodlar ichidan Furqat Alimardonov bir ovozdan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining "O‘zbekkino" Milliy Agentligidagi Yetakchilar kengashi raisi etib saylandi.
Nizomga muvofiq, ushbu xodim agentlik bosh direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.