O‘zbekistondagi valyuta islohotlari bois Veon daromadi yiliga 350 mln $ga kamayadi

Obuna bo‘lish
Kompaniya shuningdek, 2017-yildagi erkin pul oqimi prognozini ham 850-950 million dollargacha kamaytirdi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. VEON Ltd. (ilgari — Vimpelcom Ltd.) O‘zbekistondagi milliy valyuta devalvatsiyasi bois moliyaviy ko‘rsatkichlar pasayishini kutmoqda.

"(O‘zbekistondagi — tahr.) Yangi rasmiy almashuv kursi VEON guruhining ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi", — deyiladi kompaniya relizida. O‘zbek so‘mi devalvatsiyasi tufayli VEON yillik daromadi 300-350 million dollarga kamayishini kutmoqda.

Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy banki filiali valyuta ayriboshlash shoxobchasida banknotalarni sanayotgan ayol - Sputnik O‘zbekiston
Valyuta erkinligining ilk natijalari yoxud qaydasan, dollar?

Kompaniya shuningdek, 2017-yildagi erkin pul oqimi prognozini ham 850-950 million dollargacha kamaytirdi. Dastlabki hisob-kitob 900 milliondan bir milliard dollargacha deb baholangandi.

VEONning qayd etishicha, O‘zbekistonda valyuta tizimining liberallashuvi kompaniyaga mamlakatdan mablag‘larni samaraliroq repatriatsiya qilish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev sentabr oyi boshida O‘zbekistonda yuridik va jismoniy shaxslar valyuta oldi-sotdisini bozor kursi bo‘yicha erkin almashtirishlari mumkinligi borasidagi hujjatga imzo chekkandi.

VEON O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Laos, Jazoir, Bangladesh, Pokiston, Burundi, Zimbabve, MAR va Kanadada aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi operatorlarini birlashtiradi. Kompaniyaning yirik aksiyadorlari Mixail Fridmanga tegishli LetterOne (47,9%) va Norvegiyaning Telenor (19,7%) kompaniyalaridir.

Yangiliklar lentasi
0